30 iyun kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasida Özbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi hamda Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasining qöşma yiğilişi bölib ötdi.
Yiğilişda IIV YHXB mutasaddilari, mas'ul vazirlik va idoralar vakillari iştirokida avtotransport vositalarini boşqarişda yöllarda belgilangan tezlikka rioya etilişining radarlar, şuningdek, statsionar va köçma maxsus texnika vositalaridan foydalangan holda nazorati böyiça örganiş yakunlari muhokama qilindi.
IIV YHXB boşliq örinbosari Erali Bozorov YPXning nopok xodimlari, kadrlar masalasi va radarlarning qanday işlaşi borasida ma'lumot berib ötdi.
«Bizning xodimlar orasida ham nopok xodimlar bor. Buni tan olamiz. Bu borada özimiz ham iş olib boryapmiz. Xodimlarning iş faoliyatini nazorat qiliş uçun bodikamera joriy qilingan. Qöldagi planşetlar ham onlayn nazorat qiliş bazasiga ulangan.
5 oy içida 978ta holat aniqlab, intizomiy jazoga tortdik. Bundan taşqari, YPX xodimlarini töliq attestatsiyadan ötkazib, 200dan ortiğini lavozimidan ozod qildik. Lekin bu bilan yöl-transport hodisalarining oldi olinmayapti.
5 oy davomida 2960ta yöl-transport hodisasi sodir böldi. YTHlarda 770 nafar fuqaro halok böldi. Bu 770ta oila degani. Şunça oila boquvçisiz qoldi degani. YTHlarning 31 foizi tezlikni oşiriş natijasida kelib çiqqan.
Oldinlari YTHlarni yaşirar edik, OAVga bermas edik. Buni tan olamiz. Lekin keyingi 4 yilda statistik ma'lumotlar, YTHlar, fotoradarlar haqida ma'lumot beryapmiz. Heç qaysini yaşirganimiz yöq.
Bugungi kunda asosiy maqsadimiz inson omilini çeklaş. Bugungi kunda 271ta fotoradar moslamamiz bor. Hammasi onlayn tarzda markazga boğlangan. Inspektor fotoradarni qöriqlab turadi, xolos. Çunki şunday holatlar böldi. Fotoradar moslamasi qöyib ketilganidan söng bezorilar tomonidan davlat mulkiga ziyon yetkaziş holatlari kuzatildi. Şu sababli uning oldiga xodim qöyganmiz, u protokol qilmaydi», dedi Erali Bozorov.
Avvalroq XDP deputatlari tomonidan örganiş olib borilib, radarlarga tuşayotgan yuz minglab yurtdoşlarimiz asossiz ravişda jarima tölab yurgan bölişi mumkinligi haqida ma'lumot berilgan edi.











