Joriy yilda Samarqand viloyatida yo‘l-transport hodisalari va ular bilan bog‘liq o‘lim hamda tan jarohatlari olish holatlari ko‘paygan. Bu haqda viloyat IIB YHXB boshlig‘i polkovnik Farhod Shayzakovning aholiga profilaktik ogohlantiruv murojaatida ma'lum qilindi.

Qayd etilishicha, joriy yil 6 oyda ko‘rilgan chora-tadbirlarga qaramasdan, viloyat hududida 374 ta YTH sodir etilgan. Bu 2020 yilning birinchi yarmidagi ko‘rsatkichlardan 121 taga ko‘p yoki 47,8 foizga oshgan. (2020 yilda 253 ta — 2021 yilda 374 ta).

Jumladan:

  • Tan jarohati bilan bog‘liq YTH 98 taga yoki 59,4 foizga (2020 yilda 165 ta – 2021 yilda 263 ta);
  • O‘lim bilan bog‘liq YTH 23 taga yoki 26,1 foizga (2020 yilda 88 ta – 2021 yilda 111 ta);
  • YTHda vafot etganlar soni 30 taga yoki 30,6 foizga (2020 yilda 98 nafar – 2021 yilda 128 nafar) oshgan;
  •  Tan jarohati olganlar soni 139 taga yoki 70,9 foizga (2020 yilda 196 nafar – 2021 yilda 335 nafar);
  • Bolalar bilan bog‘liq YTH soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 85,7 foizga (2020 yilda 35 ta – 2021 yilda 65 ta);
  • YTH natijasida vafot etgan bolalar soni 36,4 foizga (2020 yilda 11 nafar – 2021 yilda 15 nafar);
  • Tan jarohati olgan bolalar soni 100 foizga (2020 yilda 26 nafar – 2021 yilda 52 nafar) oshgan.

Ta'kidlanishicha, Samarqand viloyatida sodir bo‘lgan YTHda jami 547 ta transport vositalari ishtirok etgan. Ulardan 81 tasi tranzit o‘tuvchi transport vositalari bo‘lgan. Qolgan 466 tasini Samarqand viloyatiga tegishli bo‘lgan transport vositalari tashkil etgan. 

Haydovchilar bilan bog‘liq bo‘lgan YTHning kelib chiqish sabablari: 

  • Qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketish;
  • spirtli ichimlik iste'mol qilib transport vositasi boshqarish;