Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda yangi qurilayotgan ekobozordan do‘kon olib berish uchun tadbirkorlardan pul olgan ikki kishiga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida yangi qurilayotgan ekobozor va savdo majmuasidan do‘kon olib berish uchun pul olgan shaxslarga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ma'lum bo‘lishicha, mazkur shaxslar bozor va savdo majmuasi qurilishi pudratchisi hisoblanadigan MChJ rahbari va uning sherigi bo‘lgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «A.» MChJ rahbari E.A. va fuqaro X.X. tumanning Mingchinor mahallasida qurilishi rejalashtirilayotgan zamonaviy ekobozor hamda savdo majmuasidan do‘kon olib berishni va'da qilib fuqarolardan pul olgani aniqlangan.
Jumladan, ular qurilishga pudratchi sifatida jalb qilinganidan foydalanib, 4 nafar tadbirkorga ushbu majmuadan do‘kon olib berish evaziga jami 18 000 AQSh dollari va 80 million so‘m olgani ma'lum bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026