Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda fuqarolarga issiqxona qurish uchun ajratilgan pulni o‘zlashtirgan MChJ rahbarlariga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Samarqand viloyati Jomboy tumanida fuqarolarga issiqxona qurish uchun ajratilgan kredit mablag‘ini talon-toroj qilgan MChJ rahbarlariga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jomboy tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «K.T.» MChJ rahbari hududiy tijorat bankidan jismoniy shaxslarga issiqxona qurib berish uchun ajratilgan 105 million so‘m kredit mablag‘ni issiqxona qurib bermasdan, o‘z manfaatlariga ishlatib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan «K.T.» MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
17:51 / 07.07.2026
“Misqollab yaratilgan Toshkent brendini yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin” – issiqxonachi muqobil yechimlar haqida
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
15:39 / 03.07.2026