Samarqand viloyati Samarqand tumanida yarim sotix yerni 6700 AQŞ dollari evaziga olib bermoqçi bölgan şaxs uşlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, departamentning Samarqand tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda, fuqaro Ş.S. «X.» MÇJ rahbariga özini tuman hokimligi xodimi sifatida taniştirib, unga tuman tibbiyot birlaşmasi yonidan savdo dökoni quriş uçun yarim sotix yer maydoni olib berişni va'da bergan. Söng 6 700 dollar olib, şundan 3 000 dollarni öz ixtiyori bilan qaytargani holati protsessual rasmiylaştirilgan.
Qayd etilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Samarqandda soxta hujjatlar bilan qilinayotgan quriliş yuzasidan jinoiy iş qözğatildi
Samarqandda xotiniga tegişli fermer xöjaligi yerini 5 000 dollarga sotayotgan şaxs uşlandi











