Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonda koronavirusga qarshi emlanmaganlarning ichki reyslarda parvoz qilishi taqiqlandi
Mamlakat ichida faqat emlanganlar, xorij fuqarolari va vaksina olishi mumkin emasligi to‘g‘risida rasmiy hujjatga ega bo‘lganlargina parvoz qila olishi mumkin.
Foto: Getty Images
Pokiston milliy qo‘mondonlik-operativ markazi (MQOM) koronavirusga qarshi emlanmagan fuqarolarning mahalliy aviaparvozlarga qo‘yilishini taqiqladi.
Markazning Twitter akkauntida xabar qilinishicha, 1 avgustdan boshlab 18 yoshdan oshgan barcha emlanmagan fuqarolar ichki aviaparvozlarga qo‘yilmaydi. Ushbu taqiq mamlakatdan chiqib ketish yoki kirib kelishga nisbatan joriy qilinmaydi.
Mamlakat ichida faqat emlanganlar, xorij fuqarolari va vaksina olishi mumkin emasligi to‘g‘risida rasmiy hujjatga ega bo‘lganlargina parvoz qila olishi mumkin.
Mahalliy OAVning yozishicha, Pokistonda koronavirusning delta, beta va alfa shtammlarini yuqtirish bilan bog‘liq holatlar qayd etilmoqda.
Mavzuga oid
01:00 / 21.12.2025
Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon va uning rafiqasi yana 17 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
10:55 / 13.12.2025
Karachida hibsdagi o‘zbekistonlik: elchixona ishni nazoratga oldi
20:41 / 06.12.2025
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida aviaqatnovlar ko‘paytiriladi
12:34 / 25.11.2025