Taniqli olim, publitsist, filologiya fanlari nomzodi, Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, «Oltin qalam» milliy mukofoti sovrindori Boyböta Döstqorayev 79 yoşida vafot etdi. Bu haqda Yozuvçilar uyuşmasi xabar berdi.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi jamoasi Boyböta Döstqorayevning vafoti munosabati bilan uning oila a'zolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik bildirgan.
Boyböta Döstqorayev 1942 yilda Qaşqadaryo viloyatining Çiroqçi tumanidagi «Oqtönli» qişloğida tuğilgan. 1969 yildan ToşDU (hozirgi ÖzMU) jurnalistika fakultetida işlab, qariyb yarim asrlik umrini öqituvçi sifatida şu sohada jurnalist kadrlar tayyorlaşga hamda milliy matbuot tarixini izçil örganişga bağişlagan.
Boyböta Döstqorayev dastlab adabiy tanqidçilik borasida tadqiqotlar olib borgan. 1986 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilganidan keyin, özbek matbuot tarixini örganişga kirişgan. Özbekiston davlat jahon tillari universitetining «Jahon jurnalistikasi nazariyasi, amaliyoti va tarixi» kafedrasining mudiri sifatida faoliyat yuritgan. 2002 yil prezident farmoni bilan «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi» şarafli unvoni bilan taqdirlangan.








