Qadrli UzbekLife kuzatuvçilari va xorijdagi vatandoşlar!
Xabaringiz bor, loyihamiz orqali xorijdagi vatandoşlarimiz bilan turkum intervyular, foydali kontentlar va çet eldagi kolumnistlarimizning qiziqarli maqolalarini berib bormoqdamiz.
Sönggi vaqtlar ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga loyiha yuzasidan köplab ijobiy fikrlar bildirilgan xabarlar kelib tuşmoqda. Bu albatta jamoamizga katta kuç bağişlaydi.
Va nihoyat, ançadan beri harakat qilib, köp maşaqqat bilan ustida işlayotgan yangiligimizni sizlar bilan baham körişdan mamnunmiz!
Biz loyihamiz uçun öz saytimizni işga tuşirdik, endilikda bizni uzbek.life havolasi orqali istalgan vaqt, istalgan joydan kuzatib borişingiz mumkin.
Hozir sayt test rejimida işlamoqda. U bilan boğliq takliflaringizni Telegramdagi @uzbeklifebot bot orqali yuborişingizni söraymiz.
Şuningdek, bugungi kunda xorijda mehnat faoliyatini olib borayotgan yoki tahsil olayotgan hamyurtlarimizni öz tajribalari, muvaffaqiyat hikoyalari va foydali maqolalari bilan saytimiz mualliflari qatorida bölişga çaqiramiz. Agar sizda şunday istak bölsa heç ham tortinmang, hoziroq bizga murojaat qiling!
Hurmat bilan,
UzbekLife jamoasi









