Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXShT tojik-afg‘on chegarasida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘ra boshladi
1-10 avgust kunlari Afg‘oniston bilan chegara yaqinida, Xatlon viloyatidagi «Harbmaydon» poligonida O‘zbekiston, Tojikiston va Rossiyaning harbiy mashg‘ulotlari o‘tkazilgandi.
Tojik-afg‘on chegarasida bo‘lib o‘tadigan KXShT kollektiv kuchlari mashg‘ulotlariga tayyorgarlik boshlandi. Bu haqda KXShT bosh kotibi Stanislav Zas ma'lum qildi.
«Yaqin oylar ichida tojik-afg‘on chegarasi yaqinida bo‘lib o‘tadigan KXShT kollektiv kuchlari mashg‘ulotlariga bevosita tayyorgarlik ko‘rish boshlandi», — dedi Zas.
Eslatib o‘tamiz, 1-10 avgust kunlari Afg‘oniston bilan chegara yaqinida, Xatlon viloyatidagi «Harbmaydon» poligonida O‘zbekiston, Tojikiston va Rossiyaning harbiy mashg‘ulotlari o‘tkazilgandi.
O‘n kunlik mashg‘ulotlarga uch davlat armiyasining 2,5 mingdan ortiq askar va ofitserlari, 500ta harbiy texnika va artilleriyasi, 25ta jangovar samolyot va vertolyotlari jalb qilindi.
Harbiy mashg‘ulotlar Afg‘onistonda «Tolibon» harakatining faollashuvi fonida o‘tkazildi.
15 avgust kuni toliblar Afg‘onistonda hokimiyatni egalladi.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
21:21 / 08.02.2026
Fransiyada ORION 2026 harbiy mashg‘ulotlari boshlandi
11:20 / 30.11.2025
“KXShT murakkab geosiyosiy inqirozda” - Rabbimov
13:59 / 22.10.2025