«Aziya-Plyus» xabariga köra, Özbekiston, Tojikiston va Rossiya harbiylari çegarani kesib ötgan va terrorçilik harakatlari sodir etişni rejalaştirgan şartli jangarilarni yöq qildi. Maşqlar Tojikistonning «Harbmaydon» poligonida ötkazildi.

Maşğulotlarning yakuniy bosqiçini Özbekiston mudofaa vazirining birinçi örinbosari -  Qurolli Kuçlar boş ştabi boşliği Şuhrat Xolmuhammedov, Tojikiston mudofaa vaziri Şerali Mirzo va Rossiya Markaziy harbiy okrugi qömondoni Aleksandr Lapin kuzatib bordi.

10 kunlik maşğulotlarga uç davlat armiyasining 2,5 mingdan ortiq askar va ofitserlari, 500ta harbiy texnika va artilleriyasi, 25ta jangovar samolyot va vertolyotlari jalb qilindi.