Mukofot hay'atining ta'kidlaşiça, olimlar “tabiat qonunlarini yuqori aniqlik bilan tekşirişga imkon beruvçi optik panjarali soatlarni yaratişda muhim rol öynaşgan”. Ularning uşbu ixtirosi vaqtni mavjud usullardan ming marta aniqroq ölçaş imkonini beradi.
Optik panjarali soatlar vaqt atomlar holatini ölçaş yordamida ölçanadigan an'anaviy atom soatlarining evolyutsion işlanmasi hisoblanadi. Atom soatlarda bir soniya 2ta seziy-133 atomi holati örtasidagi ötişda hosil böluvçi elektr magnit nurlanişning 9 192 631 770 davriga teng.
Dastlab atom soatlarda uşbu ötişlarni hosil qiliş uçun mikrotölqinli nurlaniş qöllangan. Agar bunda optik diapazondagi yuqoriroq çastotali nurlaniş qöllansa, vaqt ölçovi aniqligi ortadi. Bu holatda çastota generatori sifatida stronsiy atomlari xizmat qiladi. Yatori va Ye ölçov aniqligini oşiriş uçun uşbu atomlarni bir nuqtada uşlab turiş usulini topişdi. Ular buning uçun lazer nurlari atomlarni qopqonda uşlab turuvçi “optik panjara”ni qöllaşgan.
Bunday texnologiya qöllangan soatlar şunçalik aniq böladiki, ular 15 mlrd yil işlagandan keyin vaqtni ölçaşdagi xatolik 1 soniyadan oşmaydi. Taqqoslaş uçun şuni keltiriş mumkinki, olimlarning baholaşiça, koinot yoşi 14 mlrd yilni, Quyoşniki esa 5 mlrd yilni taşkil qiladi.
Yangi ixtiro köplab sohalarda – GPS aniqligini oşirişdan to vaqtni gravitatsion sekinlaştirişni aniq ölçaş va gravitatsion tölqinlarni aniqlaşgaça qöllanişi mumkin.









