Jamiyat, adabiyot, xususan, özbek adabiyoti, uning tahlillari yuzasidan qator suhbatlar uyuştirib, öquvçilar e'tiboriga havola etib kelayotgan Kun.uz’ning navbatdagi suhbatdoşi taniqli yozuvçi Uluğbek Hamdam böldi. Suhbatning birinçi va ikkinçi qismi avvalroq e'lon qilinib, matnlaştirilgan holda taqdim etilgan edi. Quyida suhbatning uçinçi qismi matni e'lon qilinmoqda.

— Qöşni Afğonistondagi voqealarni kuzatib boryapsiz. U yerda qator qonli uruşlardan keyin hukumat almaşdi. Xöş, bu voqealar siz kabi özbek ijodkorlari, ziyolilari nigohida, ruhiyatida qanday qabul qilinyapti? Nimalarni his qilyapsiz, xulosa qilyapsiz?

Şuningdek, savolning yana bir qismi sifatida bugun u yerdagi özbek millatdoşlarimizning taqdiri haqida ham gaplaşişimiz kerak.

— «Yon qöşni – jon qöşni», «Uy olma, qöşni ol» degan maqollari bor xalqimizning. Bu degani şuki, yaxşi qöşni hayot-mamot masalasi qadar muhimdir. 

Çunki esimizni taniganimizdan beri Afğonistondagi notinçlik xayolimizning bir çetini band qilib keladi. Men tuğilib ösgan olis Mingtepaning neça-neça askar yigitlarining öligi kelgan Afğonistondan. Unda men maktab öquvçisi edim, endi bölsa, yoşim 50 dan oşib, 60ga qarab ketyapti. Lekin hanuz Afğoniston muammosi mavjud. Bir qöşni, bir ziyoli sifatida uning tinç va rivojlangan ölkaga aylanişini juda-juda xohlayman.

U yerda puştun, tojiklardan taşqari millionlab millatdoşlarimiz ham bor. Ularning taqdiri, qismati, şuningdek, bu yurtda özbek tiliga bölgan munosabat bizni doim öylantiradi.

Payğambarimizning bir hadisi bor: «Heç qaçon ölmaydigandek dunyo uçun yaşa, ertaga öladigandek oxirat uçun yaşa», deyiladi. Diniy radikalizmda esa faqat oxirat haqida gap bor. Bugungi kun va dunyoni inkor qiliş bor.

Ming yil davomida zulmatga çömgan ğarbning ham aqidasi şunday edi. Har bir nuqta oxiratga qaratilardi. Bu dunyoda qança köp iztirob çeksang, u dunyoda şunça yaxşi böladi degan qaraş bor edi. Mana şu fikr millatlar, xalqlarning qon-qoni, hujayrasiga singdirilgani uçun ğarb zulmat içida yaşadi. Bu mafkura inkvizitsiya bilan qöllab-quvvatlandi.