Inson huquqlari böyiça Yevropa sudi Rossiya hukumatiga huquq himoyaçisi Valentina Çupikni Özbekistonga deportatsiya qilişni taqiqladi. Bu haqda advokat Darya Trenina öz Facebook sahifasida ma'lum qildi.
Qayd etilişiça, sud 39-qoidani qöllagan. Aksariyat hollarda 39-qoida ekstraditsiya yoki mamlakatdan çiqarib yuborişni töxtatiş uçun qöllanadi.
Çupik 17 sentyabrda Rossiyada qoçqin maqomidan mahrum qilingan.
U 25 sentyabr kuni Moskvaning Şeremetevo aeroportida uşlangandi.
Şuningdek, unga 2051 yilgaça Rossiyaga kiriş taqiqlangan.
Valentina Çupik migrantlarga yordam beriş bilan şuğullanuvçi Tong Jahoni notijorat taşkiloti rahbari hisoblanadi.
U Özbekistonni 2006 yilda tark etgan.













