Jamiyat | 12:57 / 06.10.2021
1743
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda ishga kiritib qo‘yishini aytib fuqarolardan pul olgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida ishga kiritib qo‘yishini aytib fuqarolardan pul olgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Muborak tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.K. ushlangan. U tanishlari orqali fuqaro J.ni «E.» kompaniyasiga ishga kiritib qo‘yishini aytib oldindan kelishilgan 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Shuningdek tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro J.K. yana 2 nafar fuqaroning 2 000 dollari va 10 million so‘m pulini qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid