Qashqadaryo viloyat IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, Sarbozor qishlog‘ida yashovchi R.L. Qamashi tumani «Rabot» MFYda yashovchi S.E.dan uning o‘g‘li S.H.ni tanishlari vositasida «Enter Engineering» korxonasiga ishga kiritishni va'da qilib, firibgarlik yo‘li bilan 3900 AQSh dollari miqdoridagi pullarini olgan. Lekin 2018 yil 8 aprel kunidan 2019 yil 29 aprel kuniga qadar va'dasini bajara olmagan.

Firibgar shu kunga qadar ushbu pullarni qaytarmasdan, aldab yurgani haqida, S.E. 2021 yil 17 mart kuni ichki ishlar organiga ariza yozgan.

Fuqaroning arizasi yuzasidan, Qamashi tuman IIB TB xodimlari tomonidan R.L.ga nisbatan JKning 168-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.