“Öquvçilar ta'lim oliş bilan birga, sport bilan şuğullanişi, Ay-Ti texnologiyalari va zamonaviy kasblarni, musiqa va san'atni örganişi uçun barça şaroitlar yaratiladi. Uşbu yangi tajribani Guliston va Yangiyer şaharlari, Boyovut, Mirzaobod, Oqoltin, Sardoba, Sirdaryo va Xovos tumanlarida yangi quriladigan 22 ta maktabda boşlaymiz.
Şuningdek, kelgusi beş yilda sirdaryolik xotin-qizlar uçun, oliygohlarga kiriş davlat granti 3 barobar oşiriladi.
Viloyatda aholi salomatligini saqlaş böyiça keng kölamli işlar amalga oşiriladi. Buning uçun, avvalo, birlamçi tizimni profilaktikaga qayta yönaltiriş, skrining tekşiruvlarini ommalaştiriş ustuvor vazifa etib belgilanadi.
Barça tuman va şahar markaziy poliklinikalarida onkonazorat xonalari taşkil etiladi. Onkologik kasalliklarni erta aniqlaş uçun 40 yoşdan oşgan 310 ming nafar aholi har yili skrining tekşiruvidan ötkaziladi. Şuningdek, ayollar örtasida skrining ötkazişni kengaytiriş uçun mobil mammograf ajratiladi.
Şuningdek, viloyatning 93 ta tibbiyot muassasasi töliq raqamlaştiriladi va respublika markazlari bilan telemeditsina yölga qöyiladi. Sirdaryo, Oqoltin va Yangiyerda 3 ta tumanlararo perinatal markazlar taşkil qilinadi va töliq jihozlanadi. Oqoltin va Sirdaryo tumanlarida jarohatlar va ötkir qon-tomir kasalliklari markazlari taşkil qilinadi hamda gemodializ xizmati yölga qöyiladi.
Şuningdek, har yili 285 ming nafar bolalar va 15 ming homilador ayollar vitaminlar bilan bepul ta'minlanadi.
Ma'lumki, mamlakatimizda ilk bor tibbiy suğurta tizimi Sirdaryoda tajriba-sinov tariqasida joriy qilinmoqda. Bugungi kunda, Sirdaryodagi 29 ta davlat tibbiyot muassasalari tomonidan aholiga kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari oilaviy şifokor tomonidan beriladigan yöllanma asosida taqdim etilmoqda.
Eng muhimi, eski, viloyatda samarasiz moliyalaştiriş tizimidan voz keçilib, şifoxonalar bajargan işi va erişilgan natijalar asosida “har bir davolangan holat” uçun mablağ olmoqda. Endi, davolaş işlariga viloyatdagi xususiy klinikalar ham jalb etiladi. Uşbu tizim 2023 yildan boşlab, mamlakatimizning barça hududlarida ham joriy etiladi.
Kelgusi yilda 6 ta viloyat şifoxonasi birlaştiriladi va Tibbiyot klasteri öz faoliyatini boşlaydi. Uşbu klasterga xorijiy davlatlarning eng ilğor klinikalari hamkor sifatida jalb qilinadi hamda barça murakkab va yuqori texnologik amaliyotlarni ötkaziş yölga qöyiladi.
Şuningdek, mamlakatimizda ilk bor taşkil etilayotgan uşbu klaster va boşqa tibbiyot muassasalarini zamonaviy kadrlar bilan ta'minlaş maqsadida, Guliston tibbiyot kolleji negizida Turkiyaning “Soğliq bilimlari universiteti” filiali taşkil etiladi.
Sirdaryolik xotin-qizlar uçun oliygohlarga kiriş davlat granti 3 barobar oşiriladi - Şavkat Mirziyoyev
Sirdaryodagi maktablar ta'lim va tarbiya klasteriga aylantiriladi. Bu haqda Şavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.








