AQŞ Xitoydan import qilinadigan tovarlarga bojlarni 104 foizdan 125 foizga oşiradi, deb ma’lum qildi mamlakat prezidenti Donald Tramp. Boşqa mamlakatlarga nisbatan muzokaralar uçun uç oylik tanaffus joriy etiladi, bu davrda barça uçun AQŞga 10 foizlik import tarifi amal qiladi.
«Xitoyning jahon bozorlariga hurmatsizlik körsatayotgani sababli men AQŞning Xitoydan oladigan bojlarini 125 foizgaça kötaraman va darhol kuçga kiradi. Qaçondir, umid qilamanki, yaqin kelajakda Xitoy AQŞ va boşqa mamlakatlarni talon-toroj qiliş mumkin emasligini va qabul qilib bölmasligini tuşunib yetadi», – deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida.
Şuningdek, u 75 dan ortiq davlat tariflar böyiça muzokaralar ötkaziş iltimosi bilan AQŞga murojaat qilgani va bu mamlakatlarga nisbatan keçiktiriş joriy etilganini ma’lum qildi; bu ham şu kundan kuçga kiradi va 90 kun davomida amalda böladi.
«Men 90 kunlik pauza va bu davrda özaro tarifni 10 foizga sezilarli darajada pasaytirişga ruxsat berdim», – deb qöşimça qilgan Amerika yetakçisi.
Tramp qaysi davlatlarga 90 kun davomida pasaytirilgan tariflar qöllanişi haqida aniq ma’lumot bermadi. Uning ta’kidlaşiça, bu davlatlar AQŞ bilan savdo bitimlari böyiça tinç muzokaralar olib borayotgan va «biror bir şaklda AQŞga qarşi çiqmayotgan» mamlakatlardir.
Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livittning aniqlik kiritişiça, 10 foizlik bojlar Xitoydan taşqari barça mamlakatlar uçun amal qiladi.
Uning sözlariga köra, 75 dan ortiq davlat muzokaralar taklifi bilan Trampga murojaat qilgan va Vaşington sörovlar sonidan hayratda qolgan.
AQŞ savdo vaziri Govard Lyutnik ijtimoiy tarmoqlarda yozişiça, u AQŞ prezidenti Donald Tramp «öz prezidentlik davrida Truth Social’dagi eng noodatiy postlardan biri»ni yozganida xonada bölgan.
«Dunyo global savdoni töğrilaş uçun prezident Tramp bilan işlaşga tayyor, Xitoy esa qarama-qarşi yölni tanladi», – dedi Lyutnik.
Trampning bayonoti fonida Amerikaning asosiy indekslari ösa boşladi. Uoll-stritdagi savdolar yopilişidan biroz oldin Dow Jones 7,9 foizga, S&P 500 9,5 foizga, Nasdaq – 12,2 foizga ösdi.
AQŞ moliya vaziri Skott Bessentning sözlariga köra, Trampning yangi tariflar haqidagi qaroriga sönggi kunlardagi bozorlar dinamikasi ta’sir körsatmagan.









