Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanqiddan so‘ng Boysundagi yorilgan suv quvuri ta'mirlanayotgani ma'lum qilindi
Foto: Boysun tumani hokimligi
2021 yil 6 oktabr kuni Kun.uz’da Surxondaryo viloyati Boysun tumanida suv quvuri yorilgani, oqibatda ichimlik suvi isrof bo‘layotgani haqida tanqidiy videolavha va xabar berilgandi. Mazkur xabar yuzasidan Boysun tumani hokimligi axborot xizmati munosabat bildirdi. Unga ko‘ra yorilgan suv quvuri ta'mirlanmoqda.
Ma'lum qilinishicha, Kun.uz’da e'lon qilingan video aks etgan joy Boysun tumanidagi Dahnaijom mahallasi hududida joylashgan. Bugun, 7 oktabr kuni yorilgan suv quvuri «Suvinspeksiya» Surxondaryo viloyati hududiy inspeksiyasi, «Surxondaryo suv ta'minot» MChJ hamda Boysun tuman suv ta'minot bo‘limi xodimlari tomonidan ta'mirlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil oktabr oyida Kun.uz’da «Boysun tumanida uch kun ichida 7,5 mln so‘m ariqqa oqib ketyapti» sarlavhali lavha e'lon qilingandi. O‘shanda muammo bartaraf etilgani haqida munosabat ham berilgandi.
Ma'lumot uchun, bugungi kunda Surxondaryo viloyati aholisining 44,6 foizi markazlashgan ichimlik suv bilan ta'minlanmagan. Viloyatda 2021-2023 yillar davomida 138 million dollarlik loyiha amalga oshirilishi ko‘zda tutilyapti. Natijada viloyatning o‘ndan ortiq tumanlarida aholining suv ta'minoti bilan bog‘liq muammolariga yechim topilishi aytilgan.
Mavzuga oid
17:50 / 02.05.2026
Boysun suvlarida yana neft oqmoqda
16:35 / 28.04.2026
Boysunda neft daryoga oqib ketgani bo‘yicha 8,5 mlrd so‘m kompensatsiya hisoblandi
23:06 / 24.04.2026
Saida Mirziyoyeva Toyloqda aholi ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rgandi
15:10 / 24.04.2026