Surxondaryo viloyatining barça tuman va şaharlari aholisini toza içimlik suv bilan ta'minlaydigan yirik loyihani boşlaşga start berilgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, joriy yil 5 sentabr kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida Boş vazirning birinçi örinbosari O.Ramatov, Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolov, senator A.Sanginov Sariosiyo tumanida bölib, viloyatning barça tuman va şaharlarini içimlik suv bilan ta'minlaydigan yirik loyihaga start berilgan.

Qayd etilişiça, bugungi kunda Surxondaryo viloyati aholisining 44,6 foizi markazlaşgan içimlik suv bilan ta'minlanmagan. 218 ta suv inşooti va 3 ming kilometrdan ziyod tarmoqlar ta'mirga muhtoj. Viloyatning janubiy tumanlari va Termiz şahrida suv mineralizatsiyasi miqdori oşgan.

Şu bois «Töpalang» suv omboridan viloyat böylab içimlik suv tarmoği tortiş böyiça dastlabki loyiha işlab çiqilgan. Loyihaga köra «Töpalang» suv omborining quyi qismida bosimni söndiriş, suvni tozalaş va tarqatiş inşootlari quriladi. U yerdan tumanlardagi suv taqsimlaş uzellarigaça jami 361 kilometr quvur tortiladi. Loyiha amalga oşirilgaç, Sariosiyo, Denov, Şörçi, Qumqörğon, Jarqörğon, Bandixon, Qiziriq, Şerobod, Angor, Muzrabot, Termiz tumanlari va Termiz şahridagi 1 million 700 ming aholining suv ta'minoti yaxşilanadi.

Ta'kidlanişiça, loyihaning umumiy qiymati 138 million dollar bölişi hisob-kitob qilingan. U mahalliy «Toʼpalang HPD Platinum» korxonasi tomonidan 2021-2023 yillar davomida bosqiçma-bosqiç işga tuşirilişi belgilangan.

















