Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqaroning “Lasetti”sini ichida yosh bola bo‘lishiga qaramay haydab ketgan YHX xodimiga chora ko‘rildi
Qashqadaryo viloyatida xizmati davomida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan Yakkabog‘ tumani IIB YHXB YPX xodimi lavozimidan ozod etilgan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Joriy yil avgust oyida ijtimoiy tarmoqlarda Yakkabog‘ tumanida YPX xodimi Z.Husanov fuqarolardan birining Lacetti mashinasini ichida yosh bola bo‘lgan holda minib ketib qolgani tasvirlangan video tarqalgandi. Keyinchalik ma'lum bo‘lishicha, Z.Husanov mashinani jarima maydonchasiga joylashtirib, uning ichida bo‘lgan yosh bolani jarima maydonchasi qorovuliga tashlab ketgan. O‘shanda IIV YHXBB axborot xizmati xodimning xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgani haqida xabar bergandi. Ma'lum bo‘lishicha, xizmat tekshiruvi yakuniga ko‘ra, Yakkabog‘ tumani IIB YHXB YPX xodimi Z.Husanov lavozimidan ozod etilgan.
Qayd etilishicha, o‘tkazilgan xizmat tekshiruviga ko‘ra, Yakkabog‘ tumani IIB YHXB YPX inspektori Z.Husanov xizmat faoliyati davomida intizomiy jazolanganiga qaramasdan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmagan. U xizmat mobaynida Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan «Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi Nizom» hamda ichki ishlar vazirining me'yoriy buyrug‘i talablarini buzgan.
Shu sababli Yakkabog‘ tumani IIB YHXB YPX inspektori Z.Husanov egallab turgan lavozimidan ozod etilishi bo‘yicha xulosa qilingan.
Mavzuga oid
09:31 / 13.06.2026
Ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan “soxta prokuror“ ushlandi
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi
10:33 / 25.05.2026