Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda YPX xodimi ichida yosh bolalar yig‘lab turgan «Lacetti»ni haydovchidan so‘ramasdan minib ketdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida yo‘l-patrul xizmati xodimi fuqaroga tegishli «Lacetti» mashinasini haydovchining ruxsatisiz minib ketgani tasvirlangan video tarqaldi. O‘sha paytda mashina ichida yig‘lab turgan yosh bolalar bo‘lgan. Holatga viloyat IIB axborot xizmati munosabat bildirdi.
Munosabatda yozilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda fuqaroning mashinasini minib ketgan xodim Yakkabog‘ tumani IIB YHXB YPX xodimi Z.Husanov ekani aytilgan. Hodisaga oydinlik kiritish hamda Z.Husanovning harakatlariga baho berish maqsadida viloyat IIB mas'ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgani bayon etilgan.
«Albatta, har qanday noqonuniy harakat jazosiz qolmaydi. Holat yuzasidan qo‘shimcha ma'lumot beriladi», deyiladi munosabatda.
Videoda YPX xodimi jarima maydoniga joylashtirish uchun olib ketmoqchi bo‘lgan mashina ichida bolalar yig‘lab turgani eshitiladi. Haydovchi YPX xodimiga «mashina ichida birovning bolasi bor» deganiga qaramasdan, xodim unga e'tibor bermay mashinani olib ketib qolgan.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026