Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an 10 mamlakat elchilari bilan bog‘liq masala hal bo‘lganini ma'lum qildi
AQSh va boshqa mamlakatlar elchixonalari elchilarning boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmasligi to‘g‘risida bayonot berdi.
Foto: Reuters
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 10 mamlakat elchilarini persona non grata deb e'lon qilish masalasi elchixonalarning Turkiyaning ishlariga aralashmaslik to‘g‘risidagi bayonotlaridan so‘ng yechim topganini bildirdi.
Dushanba kuni AQSh va boshqa mamlakatlar elchixonalari elchilarning boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmasligi to‘g‘risida bayonot berdi.
“Ayrim mamlakatlar elchilari bizning suverenitetimizni nishonga olgandi. Bunday bayonot bizning sudyalar, advokatlarimiz uchun katta haqorat hisoblanadi. Turkiya sudi mustaqil va hech kimning buyrug‘iga bo‘ysunmaydi. Shu bois bunday haqoratga javob qaytarish – bizning burchimiz. Biz inqiroz paydo qilmoqchi emasmiz, ammo mamlakatimiz huquqlari, manfaati va g‘ururini himoya qilishni istaymiz. Bugun elchixonalarning bayonotlaridan so‘ng vaziyat o‘zgardi”, – dedi Erdo‘g‘an.
Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, u elchilar bundan buyon Turkiya haqidagi bayonotlarida e'tiborliroq bo‘lishlariga ishonadi.
18 oktabr kuni AQSh, Germaniya, Fransiya, Kanada, Niderlandiya, Daniya, Shvetsiya, Norvegiya, Finlandiya va Yangi Zelandiya elchilari qo‘shma bayonot e'lon qilgan, unda Turkiya hukumatidan huquq faoli Usmon Kavala bo‘yicha masalaga tezkorlik bilan adolatli yechim topish so‘ralgan edi. Elchilar faolning hibsda saqlanishi Turkiya uchun “ko‘lanka” ekanligini qayd etgan. Bayonot e'lon qilingan kunning ertasiga bu 10 ta mamlakat elchilari Turkiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan.
21 oktyabrda Turkiya prezidenti AQSh, Germaniya, Daniya, Finlandiya, Fransiya, Niderlandiya, Shvetsiya, Kanada, Norvegiya va Yangi Zelandiya elchilarini mamlakat sudi ishlariga aralashishgani uchun tanqid qilgan. Keyinroq esa ularni mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qildi.
Mavzuga oid
08:51 / 30.01.2026
Anqarada “O‘zbekiston” turar joy majmuasi ochildi, Istanbulda o‘zbek maktabi qurilishiga start berildi
23:10 / 29.01.2026
O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari muzokaralar natijalarini sarhisob qildi
22:34 / 29.01.2026
O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari Qo‘shma bayonot hamda hamkorlik mexanizmlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi
20:57 / 29.01.2026