Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan TIVga AQŞ, Germaniya, Fransiya va yana yetti mamlakat elçilarini persona non-grata deb e'lon qilişi haqida topşiriq berganini ma'lum qildi. Ular filantrop va huquq faoli Usmon Kavalani ozod etişga çaqirişgandi.

«Men Taşqi işlar vazirligimizga nima qiliş kerakligi böyiça topşiriq berib şunday dedim: bu ön elçi zudlik bilan persona non-grata deb e'lon qilinişi kerak va buni zudlik bilan hal qiling», deya Eskişehir şahridagi miting vaqtida çiqiş qilgan Erdöğanning sözlarini keltirmoqda jahon agentliklari.

AQŞ, Germaniya, Fransiya, Kanada, Niderlandiya, Daniya, Şvetsiya, Norvegiya, Finlandiya va Yangi Zelandiya elçilari 18 oktabr kuni qöşma bayonot e'lon qilgan, unda Turkiya hukumatidan Kavala böyiça masalaga tezkorlik bilan adolatli yeçim topiş söralgan edi. Elçilar faolning hibsda saqlanişi Turkiya uçun «kölanka» ekanligini qayd etgan. Bayonot e'lon qilingan kunning ertasiga bu 10ta mamlakat elçilari Turkiya Taşqi işlar vazirligiga çaqirilgan.

64 yoşli Usmon Kavala - turkiyalik biznesmen, filantrop va huquq himoyaçisi bölib, u öz mamlakatida köplab madaniy va huquq muhofazasiga oid loyihalarni moliyalaştirgan va bu loyihalar faoliyatida iştirok etgan. Xususan, Turkiyada etnik köpçilik hisoblanuvçi turklar hamda etnik ozçilik vakillari - armanlar va kurdlar örtasidagi yaraşuv ustida işlagan.

Usmon Kavala 2017 yildan buyon heç qanday sud ayblov hukmisiz qamoqda saqlanmoqda / AFP

2017 yil noyabrida Kavala 2013 yil Istanbuldagi Taqsim maydonidagi namoyişlarni taşkillaştirişda hamda 2016 yilgi davlat töntarişiga urinişda iştirok etişda ayblanib hibs qilingan. Muqaddam Parijda yaşagan huquq faoli 2017 yildan buyon heç qanday sud ayblov hukmisiz qamoqda saqlanmoqda. 

Turkiya prokuraturasi 2013 yilgi namoyişlarda amerikalik milliarder va filantrop, dunyodagi köplab avtoritar hukmdorlar tomonidan öz mamlakatlaridagi tartibsizliklarda aybdor qilib körsatiladigan Jorj Sorosning qöli borligini aytişgan.

Soros haqida şanba kungi miting çoğida Rajab Toyyib Erdöğan ham eslab ötdi.

«Kavala degan odam - Sorosning Turkiyadagi filialidir! Ön elçi taşqi işlar vazirligidan uning keçirilişini söramoqda. Qanday yuzsizlik!», degan Erdöğan.

2020 yil fevralida Kavala sud tomonidan 2013 yilgi namoyişlar böyiça işda oqlangan, ammo u baribir ozodlikka çiqmagan, çunki prokuratura uni boşqa modda böyiça hibsga olişni söragan, keyinroq josuslik böyiça ayblov işi ham qöşilgan.

Kavala ötgan haftada «Frans press» uçun qamoqxonadan turib bergan intervyusida özini Turkiyani qariyb 20 yildan buyon boşqarib kelayotgan Erdöğan tomonidan muxolifatçilarni xorij josuslari sifatida körsatiş uçun vosita kabi his qilayotganini aytgandi.

2019 yilda Inson huquqlari böyiça Yevropa sudi Kavalaning hibsga olinişini siyosiy motivlarga köra ta'qib etiş hamda Turkiya hukumati tomonidan «nodavlat taşkiloti va huquq himoyaçisining ovozini öçiriş, boşqalarni bunday faoliyatdan çekintirişga hamda mamlakatdagi fuqarolik jamiyatini parçalaşga uriniş» deb topgandi.

Joriy yil sentyabrida Yevropa Kengaşi Turkiyaga Kavalini sudgaça qöyib yuboriş uçun dekabrga qadar muhlat bergandi. Aks holda Yevropa Kengaşi Anqaraga nisbatan intizomiy çoralar körişi bilan tahdid qilingandi.

Erdöğanning sözlari yuzasidan Reuters agentligiga izoh bergan Germaniya TIV ayni vaqtda qolgan töqqiz davlat bilan «intensiv maslahatlaşuv» olib borilayotganini aytiş bilan kifoyalangan.

Norvegiya TIV agentlikka Norvegiyaning Anqaradagi elçixonasi hozirça Turkiya hukumatidan elçining çiqarib yuborilişi borasida heç qanday ma'lumot olmaganini bildirgan.

«Bizning elçimiz mamlakatdan çiqarib yuboriş uçun arzigulik iş qilmagan. Biz Turkiyani demokratik normalarga va qonun ustuvorligiga rioya etişga çaqirişda davom etamiz - bu davlat Inson huquqlari böyiça Yevropa konvensiyasiga köra ham bunga majbur», degan Norvegiya TIV matbuot kotibi Trude Maaseyde.