Jurnalist safar çoğida “Jibek Jolu-Ğiştköprik”, “Oybek” özbek-tojik çegara-bojxona posti hamda “Döstlik – Dostik” çegara-bojxona postlarida fuqarolar turli qiyinçiliklarga duç kelayotgani, çegarani qonuniy kesib ötayotganlardan pora oliş hollari mavjudligiga bevosita guvoh böldi.
Tojikiston – 150-200 somoni
Uç mamlakat bilan boğlovçi çegara postlaridagi eng katta “stavka” Tojikiston çegarasida ekani ma'lum böldi. Tojikistonga ötmoqçi bölgan özbek fuqarolari kunduzi 2 marta – tuşgaça bir marta va tuşdan keyin bir marta ötkazilayotgani, neytral hududda 3 soatgaça kutişga majbur bölayotganlarini sözlaşdi.
Tojikiston çegarasidagilar til biriktirgan holda özbek fuqarosining har biridan 150-200 somoni (taxminan 150-200 ming özbek sömi) pul olmoqdalar.
Buning uçun juda sodda, ammo inson ruhiyatiga salbiy ta'sir körsatuvçi, asabini buzuvçi usul tanlangan. Ya'ni özbekistonliklar neytral hududda bir neça soat kutişga majbur qilinadi. Natijada darvoza oldida turgan çegaraçi bilan kelişişdan, uning aytgan summasini berişdan özga çorasi qolmaydi. Kelişilgan summa çegara postida faoliyat yurituvçi şifokorga beriladi.
Şifokorning “körigi”dan eson-omon ötdingizmi, demak, siz belgilangan summani bergansiz. Endi tojik çegaraçi ham, bojxonaçi ham sizga köp ham e'tibor bermaydi. Hatto, bojxonaçi yuklaringizni nomigagina bölsin tekşiruvdan ötkazmaydi ham.

Qirğiziston – 50 ming özbek sömi
Qirğizistonning “Dostik” postida esa çegaradan ötişga ruxsat beriş 50 ming özbek sömdan boşlanişi ma'lum böldi. Bu yerda ham çöntakka urilayotgan “boj”ni olişda şifokor xizmatidan foydalanilmoqda.
Bizning holatimizda Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportidagi laboratoriyada olingan koronavirusga PZR-test sertifikati ötmadi. Ya'ni qirğiz tomoni röyxatida bu firma mavjud emas edi.
Ta'kidlaş kerak, PZR sertifikatingiz bilan hammasi joyida bölsa, endi çegaraçining özi sizni heç bir asossiz ötkazmasligini bildiradi. Neytral hududdagi panjara yonida qirğizistonlik çegaraçi bilan sizning örtangizda vositaçi vazifasini ötovçi ham bor. U oçiq-oydin ötkaziş summasini aytadi. Bu summa – yuksiz ötayotgan fuqaro uçun 50 ming söm.

















