Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston fuqarolaridan chegaradan o‘tish uchun pora talab qilib kelgan qirg‘iz amaldorlari qo‘lga olindi
Qirg‘izistonda «Do‘stlik-avtodorojniy» nazorat-o‘tkazish punkti xodimlari chegaradan o‘tayotgan fuqarolardan tizimli ravishda pul undirgan. Ular chegara xizmatining alohida mansabdor shaxslari himoyasi ostida bo‘lgan. Bu haqda mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot markazi xabar berdi.
Aniqlik kiritilishicha, ushbu xodimlarning «qurboni»ga asosan O‘zbekiston fuqarolari va og‘ir yuk mashinalari haydovchilari aylangan. Holat mamlakat jinoyatlar yagona reyestrida Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining «Bir guruh shaxslar tomonidan pora olish» moddasi bo‘yicha ro‘yxatga olingan.
Chegara posti rahbari, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi O‘sh viloyati bo‘yicha chegara xizmati boshqarmasi boshlig‘i hamda qo‘mita chegara xizmati bosh shtabi boshlig‘i — direktor birinchi o‘rinbosari qo‘lga olingan.
«19 oktabr kuni «Do‘stlik-avtodorojniy» nazorat-o‘tkazish punkti boshlig‘i A.E., Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining O‘sh viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Ch.N., shuningdek direktorning birinchi o‘rinbosari - chegara xizmati bosh shtabi boshlig‘i Kursanbek Bektashev qo‘lga olindi. Qo‘lga olinganlar Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining O‘sh va O‘sh viloyati bo‘yicha vaqtincha saqlash izolyatoriga joylashtirildi», deyiladi mahkama xabarida.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
10:58 / 09.06.2026
Toshkentda soliq inspektorlari 5 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi
00:06 / 07.06.2026
Surxondaryoda 4000 dollar evaziga departamentga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi
17:37 / 04.06.2026