Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston qit'alararo raketa sinovini o‘tkazdi
Qayd etilishicha, Xitoy raketa salohiyatining kuchayishi Hindistonni qurolli tizimlarni takomillashtirishga undagan.
Hindiston yadro qurolini tashiy oladigan Agni-5 qit'alararo ballistik raketa sinovini o‘tkazdi. Bu haqda The Independent nashri xabar bermoqda.
Raketa 5 ming km masofani bosib o‘ta oladi va deyarli butun Xitoy hududiga yetib borishi mumkin. Sinovlar Bengal ko‘rfazida o‘tkazildi.
Hindiston hukumatining bildirishicha, sinov mamlakat siyosatiga mos keladi. Hindiston shuningdek, birinchi bo‘lib yadro qurolini qo‘llamaslik tamoyiliga sodiqligini ta'kidlagan.
Nashrning qayd etishicha, Xitoy raketa salohiyatining kuchayishi Hindistonni qurolli tizimlarni takomillashtirishga undagan.
Oktabr o‘rtalarida Xitoy yadro zaryadi tashuvchi gipertovushli raketani sinovdan o‘tkazgandi.
Mavzuga oid
10:50 / 14.07.2026
Kiyev yana raketa hujumiga uchradi
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
18:30 / 07.07.2026