Ma'lumotlarga köra, raketa Yer şarini past orbita böylab aylanib çiqqan, söngra belgilangan nişonga tegiş uçun pastlagan.
Biroq manbalarning xabar berişiça, raketa möljaldan bir neça kilometrga adaşib, nişonga tegmagan. Biroq şunga qaramay, sinovlar Xitoyning gipertovuşli qurolni işlab çiqişda hayratlanarli yutuqlarga erişganini namoyiş qilgan va AQŞ razvedkasini “doğda qoldirgan”.
“Biz ular buni qanday amalga oşirganlari haqida umuman tuşunçaga ega emasmiz”, deb aytgan naşr suhbatdoşlaridan biri. Manbalarning ta'kidlaşiça, nazariy jihatdan raketa Janubiy qutb ustidan uçib öta oladi. Bu esa AQŞ havo hujumiga qarşi mudofaa tizimlari uçun muammo bölişi mumkin, çunki ular Şimoliy qutb yönalişida mujassamlaştirilgan.
Pentagon sinovlarga izoh berişdan boş tortgan, biroq Xitoyning bu yönalişdagi faollaşuvidan xavotir bildirgan. Jumladan, AQŞ mudofaa vazirligi vakili Jon Kirbi Xitoyning harbiy imkoniyatlari “mintaqada va uning taşqarisida keskinlikning oşişiga turtki bölişini” aytgan.
Öz navbatida, Xitoyning AQŞdagi elçisi Lyu Pen'yuy Xitoyning harbiy siyosati mudofaa xarakteriga ega ekanini aytgan. Uning ta'kidlaşiça, Pekinda “AQŞdagi kabi global miqyosda harbiy amaliyotlar ötkaziş rejasi yöq”. Xitoy vakilining aytişiça, AQŞ özining gipertovuşli qurol işlab çiqişini oqlaş maqsadida oxirgi yillarda “Xitoy xavfi” haqidagi uydirmani öylab topgan.
Avvalroq Xitoy qit'alararo ballistik raketalar uçun 100 dan köproq şaxta qurişni boşlagani ma'lum qilingandi. Ta'kidlanişiça, bu yönalişdagi işlar Gansu provinsiyasidagi çöl hududida olib borilmoqda.

















