Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armanistonda ochiq havoda niqob taqish rejimi joriy etildi
Mamlakatda 2020 yil martda ochiq havoda niqob taqish majburiy etib belgilangan, ushbu talab 2021 yil iyulda bekor qilingandi.
Foto: Getty Images
Armanistonda 1 noyabrdan ochiq havoda ham niqob taqish majburiy bo‘ladi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi bu boradagi tegishli farmonni imzoladi.
Dushanbadan boshlab uydan ko‘chaga chiqqanda niqob taqish shart. Faqat 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar, prezident, bosh vazir, milliy majlis spikeri, konstitutsion sud prezidenti, oliy sud kengashi raisi, katolikos bilan o‘tkaziladigan tadbirlarning bevosita ishtirokchilari bundan mustasno.
Shuningdek, nafas yo‘llari kasalliklari, surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan odamlar, sport bilan shug‘ullanayotgan yoki velosipedda ketayotganlar, tog‘, o‘rmon yoki plyajlarda maxsus ajratilgan joylarda dam olayotganlar, surdotarjimonlar, chekayotgan va ovqatlanayotganlarga nisbatan ham ushbu tartib amal qilmaydi.
Armanistonda 2020 yil martda koronavirus pandemiyasi sababli favqulodda holat rejimi e'lon qilingandi. O‘shanda ochiq havoda niqob taqish majburiy etib belgilangandi. Ushbu talab 2021 yil iyulda bekor qilingandi.
Mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon 306,7 mingta kasallanish holati aniqlangan, 6,2 ming kishi vafot etgan. Oxirgi sutkada 2,1 mingta yangi holat aniqlandi.
Mavzuga oid
14:42 / 17.02.2026
Armanistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi ish boshladi
14:05 / 12.02.2026
Yadroviy kelishuv va strategik sheriklik bitimi – Vensning Kavkazga tashrifi tafsilotlari
14:59 / 10.02.2026
AQSh Armanistonga Rossiyaga energetik qaramlikdan qutulish uchun 9 mlrd dollar ajratadi
08:36 / 10.02.2026