Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moldova va “Gazprom” gaz yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Shartnoma Moldova bosh vaziri Andrey Spinu va “Moldovagaz” rahbari Vadim Chebanning “Gazprom” boshqaruvi raisi Aleksey Miller bilan uch kunlik muzokaralaridan so‘ng imzolandi.
Foto: TASS
Moldova hukumati va Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi besh yil davomida gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzdi.
Shartnoma imzolangani haqida Moldova hukumati juma kuni xabar qildi, “Gazprom” bu xabarni tasdiqladi.
Moldova infratuzilma vazirligi ilgarigi shartnoma besh yilga uzaytirilganini ma'lum qildi.
Shartnoma shartlari ma'lum qilinmayapti.
Mazkur shartnoma Moldova bosh vaziri Andrey Spinu va “Moldovagaz” rahbari Vadim Chebanning “Gazprom” boshqaruvi raisi Aleksey Miller bilan uch kunlik muzokaralaridan so‘ng imzolandi.
Avvalroq Moldova hukumati Ukrainaning “Naftogaz” kompaniyasi bilan 1,5 million kub metr gaz sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolagani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
13:41 / 18.03.2026
Moldovada Ukraina chegarasi yaqinida qulagan dron topildi
13:33 / 12.03.2026
Moldova hukumati mamlakatning MDHdan chiqishini ma’qulladi
15:16 / 21.02.2026
Ukraina va Moldovada qator qotilliklarni tayyorlagan guruh fosh etildi
11:44 / 30.01.2026