Moldova hukumati Ukrainaning «Naftogaz» kompaniyasi bilan 1,5 million kub metr gaz sotib oliş böyiça şartnoma imzoladi.

Ma'lumot berilişiça, e'lon qilingan tenderda «Naftogaz» öz taklifi bilan ğolib çiqqan. Kişinyov 29 oktyabrdan boşlab gaz olişi kutilmoqda.

Avvalroq Moldova gaz quvurida bosim pasayib ketişiga yöl qöymaslik va yonilği yetişmovçiligini töldiriş uçun har kuni xalqaro bozordan oz hajmda gaz sotib olişga qaror qilgandi. Energocom davlat kompaniyasi kunlik tenderlarni e'lon qilib boradi. Hafta boşida ilk tenderni Polşaning PGNiG kompaniyasi, keyingi tenderlarni esa Gollandiyaning VIrol, xalqaro DXT Commodities va PGNiG kompaniyalari yutib olgandi.

Şu bilan birga, Moldova Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi bilan muzokaralar olib bormoqda. 28 oktyabr kuni ötkazilgan muzokaralar natijasiz yakunlangan.

Avvalroq Moldovada gaz yetişmovçiligi tufayli energetika sohasida favqulodda holat e'lon qilingandi.