Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda Nexia chuqurlikka qulab tushdi
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida Nexia mashinasi soy bo‘yidagi chuqurlikka qulab tushgan. Oqibatda mashina yo‘lovchisi tan jarohatlari olgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 2 noyabr kuni soat 10:30 larda Chiroqchi tumani, Halqaobod qishlog‘i hududidan o‘tgan yo‘lda 1999 yilda tug‘ilgan haydovchi D.B. boshqaruvida bo‘lgan Nexia mashinasi soy bo‘yidagi chuqurlikka tushib ketgan. Oqibatda ushbu mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan 2002 yilda tug‘ilgan J.S. tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.
Dastlabki surishtiruvlarda aniqlanishicha, haydovchi mashinani boshqarib ketayotganda ehtiyotsizlik qilgan. Natijada boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetiga chiqib ketib, pastlikka (soyliq) ag‘darilib ketgan.
Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Chiroqchi tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026
Toshkentda Lacetti chiroq ustuniga borib urildi
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
09:00 / 05.07.2026