Qaşqadaryo viloyati Muborak tumanida boşqaruvni yöqotgan Lacetti yölni ajratib turuvçi beton tösiqqa urilgan. Oqibatda Buxoro viloyatida yaşovçi haydovçi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 29 oktyabr kuni soat 6:45 larda A380 Ğuzor-Buxoro-Nukus-Beynov xalqaro avtomobil yölining Muborak tumani hududidan ötgan 150-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
Buxoro viloyati Şofirkon tumanida yaşovçi Y.Ş. Lacetti maşinasi bilan harakatlanib ketayotib boşqaruvni yöqotgan va yölni ikkiga ajratib turuvçi beton tösiqqa urilgan. Oqibatda Y.Ş. oğir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Dastlabki suriştiruvlarda aniqlanişiça haydovçi maşina harakatlanib ketayotganda uxlab qolgan va boşqaruvni yöqotgan.
Qaşqadaryoda «Ford» va «Kamaz» töqnaşdi. Ikki kişi vafot etdi
Qaşqadaryoda sodir bölgan YTHda tez yurgan Nexia savdo dökoniga borib urildi. Haydovçi vafot etdi












