Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston elchixonasi Moskva politsiyasi mamlakat fuqarosiga kuch ishlatgani sababli Rossiya tashqi ishlar vazirligiga nota yubordi
Elchixona Rossiya tomoni ushbu holat bo‘yicha xolis va har tomonlama tekshiruv o‘tkazishi hamda politsiya xodimlari ishiga huquqiy baho berishiga umid bildirgan.
Qirg‘izistonning Rossiyadagi elchixonasi Moskvada mamlakat fuqarosiga nisbatan kuch ishlatilgani to‘g‘risidagi xabar sababli Rossiya tashqi ishlar vazirligiga nota yubordi.
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya politsiyasi Qirg‘iziston fuqarosiga nisbatan jismoniy kuch ishlatayotgani aks etgan videolavha tarqalgan.
«Elchixona tomonidan olib borilgan ishlar natijasida voqea 2 noyabr kuni Moskvada sodir bo‘lgani aniqlandi. Shuningdek, Moskvaning Xoroshevskiy rayoni politsiyasi xodimlari kuch ishlatgan 21 yoshli Qirg‘iziston fuqarosining shaxsi aniqlandi. Elchixona tomonidan Rossiya TIVga nota, Rossiya IIVning Moskva shahri bo‘limiga hamda Rossiya tergov qo‘mitasi bosh tergov boshqarmasiga murojaat yuborildi», — deyiladi elchixona xabarida.
Elchixona Rossiya tomoni ushbu holat bo‘yicha xolis va har tomonlama tekshiruv o‘tkazishi hamda politsiya xodimlari ishiga huquqiy baho berishiga umid bildirgan.
Ta'kidlanishicha, elchixona Qirg‘iziston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun barcha choralarni ko‘radi.
Mavzuga oid
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
09:20 / 04.07.2026
Moskva harbiy sudi Simonyanga suiqasd ishi bo‘yicha hukm chiqardi
22:31 / 02.07.2026