Zoyir Mirzayev boşqa işga ötişi munosabati bilan Qaşqadaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi, Murodjon Azimov Qaşqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi. Prezident matbuot kotibi Özbekiston Respublikasi prezidentining tegişli farmonlari imzolangani haqida xabar berdi.

Murodjon Azimov 1976 yil Qaşqadaryo viloyati Kitob tumanida tuğilgan. 1998 yilda Toşkent yuridik institutini tugatgan. Qarşi şahar prokuraturasida tergovçi, Qaşqadaryo viloyat prokuraturasiga prokuror, keyinroq viloyat prokurorining örinbosari va tuman prokurori lavozimlarida işlagan.

2014 yilda u Buxoro viloyati prokurori etib tayinlanib, u yerda 2016 yilgaça işlagan. 2016 yil sentabr oyidan boşlab u Özbekiston Respublikasi Boş prokurori örinbosari lavozimida işlagan. 

General-mayor Murodjon Azimov 2018 yil fevralida Bojxona qömitasiga rais etib tayinlangandi. U qömita rahbarligida Muidjon Tohiriyning örnida iş boşlagandi.

2019 yil oktyabridan buyon Qaşqadaryo viloyatiga rahbarlik qilib kelgan Zoyir Mirzayevning keyingi faoliyati haqida hozirça aniq ma'lumot yöq.

  • Ma'lumot uçun, bu Özbekistonda oy boşidan buyon ikkinçi viloyatda rahbar özgarişidir. Avvalroq 2016 yildan buyon Navoiy viloyatiga rahbarlik qilib kelgan Qobul Tursunov işdan olinib, Toşkent şahar davlat soliq boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelgan Normat Tursunov viloyatning yangi hokimi bölgandi.