Bojxona qömitasi rahbari Akmalxöja Mavlonov Özbekiston yengil atletika federatsiyasi rahbari etib saylandi. Bu haqda Bojxona qömitasi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, Milliy olimpiya qömitasida ötkazilgan yiğilişda yengil atletika sport turlarini yanada ommalaştiriş hamda bu borada mavjud imkoniyatlardan töliq foydalaniş istiqbollari muhokama qilingan.
Navbatdan taşqari saylov konferensiyasida federatsiya raisi örinbosarlari va boş kotibi saylangan. Taşkilotning yangi tahrirdagi Nizomi qabul qilingan.

















