Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining örinbosari Akmalxöja Yusupoviç Mavlonov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining buyruğiga asosan adliya katta maslahatçisi Mavlonov Akmalxöja Yusupoviç Namangan viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi», deyiladi Boş prokuratura xabarida.
Akmalxöja Mavlonov 2018 yilning avgustidan buyon Özbekiston Respublikasi Boş prokurori örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi. U endi 2019 yil martidan buyon Namangan viloyatiga prokurorlik qilib kelgan va şu kunlarda işdan olingan Raşid Rahmatov örnida iş boşlaydi.
Namangan viloyatining avvalgi prokurori Raşid Rahmatov iyul boşida, Otabek Murodov boş prokurorlikdan olinib, uning örniga Niğmatulla Yuldaşev tayinlanişidan köp ötmay lavozimini tark etgan edi.
Mavlonov prokuratura organlaridagi iş faoliyatini 2002 yilda Davlatobod tuman prokuraturasida boşlab, Namangan viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2006 yildan Boş prokuratura boşqarma prokurori, katta prokurori, Marğilon şahar prokurori (2017 yil martigaça), Sirdaryo viloyati prokurorining birinçi örinbosari (2017 yil), Xorazm viloyati prokurori (2017 yil 8 oktyabridan 2018 yil 25 fevraligaça) lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2018 yilning fevral oyidan 2018 yilning avgustigaça Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti boşliği lavozimida işlagan.












