Bugun jahonda hojatxona kuni: insoniyat toza suv, kanalizatsiya va xavfsiz gigiyenaga qachon erishadi?
19 noyabrni BMT Jahon hojatxona kuni deya rasman e'lon qilgan. Tashkilot maqsadlari orasida 2030 yilga kelib sayyoramizning har bir aholisini toza suv va xavfsiz sanitariya bilan ta'minlash turibdi.

Foto: Mega - GM
Hojatxonangizdagi unitaz qanday ko‘rinishda? Shu, ko‘pchilik qatori oddiy, oq chinnidan yasalgan bo‘lsa kerak, a? Kimlardir tilla unitazga ham oshufta. Hozir o‘zbeklar orasida chachagen qo‘yish urfga aylandi. Bu ham yaxshi.
Lekin shunisi aniqki, hamon juda ko‘p insonlar «dalaga chopadi» va ko‘pchilikning hojatxonasi hali ham uydan tashqarida joylashgan. Uyda unitazning mavjud bo‘lishi hozir ko‘pchilikka tabiiy holdek tuyular, lekin Yer aholisining deyarli yarmida (uch yarim milliard kishidan ortiq) bunday moslama mavjud emas. Dunyo bo‘ylab milliarddan ortiq odam o‘z hojatini ochiq osmon ostida chiqaradi, ya'ni eng oddiy hojatxonaga ham ega emas;
Hozir gap Afrika yoki Janubi-sharqiy Osiyodagi qashshoq mamlakatlar haqidagina ketmayapti. «Rosstat» ma'lumotlariga ko‘ra, har beshinchi rossiyalik oilada kanalizatsiya mavjud emas.
O‘zbekistonda ham markaziy kanalizatsiya tarmog‘i bor shaharlarni barmoq bilan sanasa bo‘ladi.
Xavfsiz hojatxona nima uchun juda muhim?
Albatta, unitazdan foydalanish uchun vodoprovod suvi, kanalizatsiya tarmog‘i ham kerak. Lekin juda ko‘pchilik oila suvni hamon quduqlar va ariqlardan olib foydalanadi.
Bir o‘ylab ko‘ring, siz o‘qigan maktabda hojatxona qanday edi? Ichkaridami yoki tashqarida? Chunki hozir juda ko‘p maktablarda qishda isitiladigan hojatxona yo‘q. Bolalar ko‘chadagi hojatxonaga chiqishadi — o‘sha teshikli va qo‘lansa xonachaga. Hattoki qishda ham.

2021 yilning may oyida Domestos kompaniyasi Rossiyada eng yomon maktab hojatxonasi tanlovini e'lon qildi. Javob tariqasida kelib tushgan yuzlab fotosuratlardan xarita tuzish mumkin.
Yomon sanitar sharoitlar kasalliklar tarqalishiga olib keladi. Chunki 80 foizdan ortiq yuqumli va virusli kasalliklar qo‘l bilan teginish, ya'ni yuvilmagan qo‘llar orqali yuqadi.
Hozir pandemiyasi kuzatilayotgan COVID-19 ham ana shunday kasalliklar sirasiga kiradi.
Ikkinchidan, ular ichimlik suvi manbalarining ifloslanishiga olib keladi. Ko‘cha hojatxonalari yoki nosoz kanalizatsiyadan sizib chiqayotgan najosatlar yer osti suvlariga kelib qo‘shiladi. Bu ham kasalliklarga olib keladi.
BMT ma'lumotlariga ko‘ra, sayyora aholisining chorak qismidan ko‘prog‘i — 2 mlrdga yaqin kishi iste'mol uchun najas bilan ifloslangan suv manbalaridan foydalanadi.
Har kuni besh yoshgacha bo‘lgan 700 nafardan ortiq bola ichburug‘ (diareya)dan vafot etadi. Bunga ichish uchun yaroqli bo‘lmagan suvdan foydalanish, antisanitariya va gigiyena qoidalariga amal qilmaslik sabab bo‘ladi.

Xavfsiz hojatxonalar gender tenglik va teng imkoniyatlar nuqtayi nazaridan ham juda muhim. Xavfsiz sanitariyaga yetisha olmaskan, xotin-qizlar hayz va homiladorlik chog‘ida gigiyena, jismoniy va aqliy imkoniyatlari cheklangan odamlar esa moslashmagan hojatxonalarda o‘z salohiyatini to‘liq amalga oshira olmaydi.
Muammoni qancha muddatda bartaraf qilsa bo‘ladi?
Buning uchun xavfsiz sanitariyadan foydalanish imkoniyati bo‘lishi lozim. Lekin bu ishni shoshilinch muddatlarda amalga oshirish qanchalik real?
2020 yilda Rossiya Shahar iqtisodiyoti instituti «Novaya gazeta» so‘roviga asosan hisoblab chiqdi. Unga ko‘ra, investitsiyaning joriy sur'atlarida Rossiyada eskirgan kanalizatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish uchun 175 yil talab etilar ekan.
Bizda ham shaharlarda biotualetlar qurish, odamlar orasida hojatxonalardan foydalanish madaniyatini oshirish ishlarini yanada kengroq targ‘ib qilish kerak.
Bu borada suvni tejash va undan oqilona foydalanish kabi masalalar ham o‘rtaga chiqadi. Jamoat hojatxonasi qanday bo‘lishi haqida avval ham yozgan edik.
Bu ishlar bir-ikki yil avval katta shijoat bilan boshlangan edi. Tan olish kerak, ayrim o‘zgarishlar bo‘ldi, lekin yana hammasi o‘z holiga tashlab qo‘yilgandek.
«Ziyorat turizmini rivojlantirish uchun muhim rol o‘ynaydigan tahoratxonalar masalasini hal etish faqatgina Turizmni rivojlantirish qo‘mitasiga bog‘liq emas. Bu borada mahalliy hokimliklar ham o‘z mas'uliyatini oshirishi lozim», — deya ta'kidlagan edi Senat raisi Tanzila Norboyeva.

Turizm va sport vazirligi O‘zbekistonda 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab talab darajasidagi sanitariya-gigiyena xonalari bo‘lmagan yoqilg‘i va gaz quyish shoxobchalarining faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymasligi e'lon qilgan edi.
Gulzoda Rahimova tayyorladi.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bitta mashinada nuqson topilsa, brendning hamma modellarini yoppasiga taqiqlash to‘g‘rimi?
O‘zbekiston | 20:13
-
AQSh Xo‘jand deklaratsiyasi va chegaralarning tutash nuqtasi bo‘yicha shartnomani olqishladi
O‘zbekiston | 20:07
-
Janubiy Koreyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlikka chaqirildi
Jahon | 20:01
-
Chirchiqda spirtli ichimlik oldi-sotdisi sabab yuz bergan janjal oqibatida fuqaro vafot etdi
Jamiyat | 19:51
Mavzuga oid

21:23 / 21.11.2024
Toshkent viloyatida hojatxona uchun qazilgan chuqurga tushib ketgan fuqaro qutqarildi

20:42 / 20.11.2024
Toshkent metrosida hojatxona quriladigan 9 ta bekat nomi ma’lum bo‘ldi

11:37 / 08.11.2024
Toshkent metrosining 9 ta bekatida pulli hojatxona quriladi

10:15 / 14.05.2024