Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda sodir bo‘lgan yong‘inda fuqaroning uyi yonib ketdi
Samarqand viloyati Urgut tumanida sodir bo‘lgan yong‘inda fuqarolardan birining uyi yonib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, bugun, 2021 yil 22 noyabr kuni soat 14:13da Urgut tumani FVBga tumanning «Do‘stlik» MFYdagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabar olingandan so‘ng voqea joyiga soat 14:19da 3ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borib, soat 15:38da yong‘in qurshab olingan va 15:55da bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida taxminan 150 metr kvadrat maydonda uyning shifti va tom qismi yonib zararlangan. Hodisada hech kim jabrlanmagan va halok bo‘lmagan.
Qayd etilishicha, hozirda yong‘in kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
08:50 / 14.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
09:34 / 13.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus saroyida yong‘in sodir bo‘ldi
16:03 / 10.01.2026
Shveytsariya Kran-Montaneda yong‘in qurbonlari xotirasini yod etdi
10:01 / 06.01.2026