Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda yelim ishlab chiqaruvchi korxona yonib ketdi
Samarqand viloyati Jomboy tumanida yelim ishlab chiqaruvchi korxonada yong‘in sodir bo‘lgan. Oqibatda korxona binosining 400 metr kvadrat tomi, shifti va u yerda bo‘lgan yelim mahsulotlari yonib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.
Bugun, 2021 yil 1 noyabr kuni soat 12:44 larda Jomboy tumani FVBga tumanning «Nazar» MFY “CHINLATEKS” MChJ hududida joylashgan yelim ishlab chiqarish korxonasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga binoan soat 12:55 da voqea joyiga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borib, soat 14:50 da yong‘in qurshab olingan va soat 15:51 da bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmagan. Korxonaning taxminan 400 metr kvadrat maydonida tomi, shifti va ichida bo‘lgan yelim mahsulotlari yonib zararlangan.
Qayd etilishicha, hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
08:50 / 14.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
09:34 / 13.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus saroyida yong‘in sodir bo‘ldi
16:03 / 10.01.2026
Shveytsariya Kran-Montaneda yong‘in qurbonlari xotirasini yod etdi
10:01 / 06.01.2026