Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon banki Afg‘onistonning muzlatib qo‘yilgan pullarini qaytarishi mumkin – OAV
Afg‘on ekspertlarining so‘zlariga ko‘ra, mablag‘lar asosan mamlakat sog‘liqni saqlash sohasidagi kechiktirib bo‘lmas ehtiyojlarga sarflanadi.
Foto: REUTERS/Zohra Bensemra
Jahon banki Afg‘onistonning muzlatib qo‘yilgan pullarini gumanitar yordam uchun qaytarishi mumkin, deb xabar berdi Reuters.
Agentlik manbalariga ko‘ra, boshqaruv a'zolari Afg‘onistonni rekonstruksiya qilish maqsadli fondining (ARTF) 1,5 milliard dollarga teng mablag‘ini qaytarish to‘g‘risidagi AQSh va BMT rasmiylari ishlab chiqqan takliflarni muhokama qilish uchun to‘planadi.
Qayd etilishicha, Afg‘onistonning 39 millionlik aholisi parchalanib borayotgan iqtisodiyot, oziq-ovqat yetishmovchiligi va o‘sib borayotgan qashshoqlikka duch kelgan.
Afg‘on ekspertlarining so‘zlariga ko‘ra, mablag‘lar asosan mamlakat sog‘liqni saqlash sohasidagi kechiktirib bo‘lmas ehtiyojlarga sarflanadi.
Xabarda aytilishicha, ushbu mablag‘ o‘qituvchilar va boshqa davlat xizmatchilarining oylik maoshlarini qoplamaydi, bu esa, ekspertlarning fikricha, Afg‘oniston ta'lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar tizimlari inqirozini tezlashtirishi mumkin.
Manbalardan biri Jahon banki Afg‘onistonga o‘tkaziladigan mablag‘larni nazorat qilmasligini aytgan. AQSh vakili YUNISEF va mablag‘ni oluvchi boshqa muassasalar o‘z nazorat mexanizmlariga ega bo‘lishini ta'kidladi.
Jahon banki vakili ijroiya kengashi xodimlari va a'zolari mablag‘lar gumanitar yordam uchun BMTning ARTF-agentliklariga o‘tkazilishini tasdiqladi, bu bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot bermadi.
Avvalroq BMT Jahon oziq-ovqat dasturi ekspertlari agar zudlik bilan tegishli choralar ko‘rilmasa, qishda millionlab afg‘onlar ochlikka mahkum bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi.
Eslatib o‘tamiz, 15 avgust kuni toliblar hokimiyatni egallaganidan so‘ng Qo‘shma Shtatlar Afg‘oniston markaziy bankining AQShda saqlanayotgan aktivlarini muzlatib qo‘ygandi. Xalqaro valuta jamg‘armasi ma'lumotlariga ko‘ra, aprel oxirida Afg‘oniston markaziy bankining valuta zaxiralari 9,4 mlrd dollarni tashkil etgan.
Mavzuga oid
21:29 / 21.05.2026
Yevropa “Tolibon”dan nima xohlayapti?
14:30 / 17.05.2026
Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 600 kg narkotik modda to‘xtatib qolindi
18:32 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxonachilari chegara postlaridagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
12:23 / 02.05.2026