Önlab kişilar bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda; şaharlar butunlay vayron bölgan. Juma kuni keçqurun regionga jami 30ga yaqin tornado yopirilgan.
Prezident Jo Bayden AQŞ hukumati mamlakatning tornadodan jabrlangan markaziy hududlariga yordam körsatiş uçun bor imkoniyatlar işga solinişini ma'lum qilgan.
Bayden favqulodda vaziyatlar haqidagi deklaratsiyani imzolagan, bu orqali eng köp jabr körgan Kentukki ştati uçun federal resurslar ajratiş mumkin böladi. U tornadoni mamlakat tarixidagi eng talafotli tabiiy ofatlardan biri deb atadi.
Kentukki
Kentukkida 70dan ortiq kişining ölimi tasdiqlangan, Meyfild şahridagi şam işlab çiqariş zavodi tomi bosib tuşişi oqibatida önlab kişilar qurbon bölgan. Tabiiy ofat vaqtida zavodda 100ga yaqin kişi bölgan.
Greyvs okrugida joylaşgan, 10 ming atrofida aholi istiqomat qiladigan Meyfild şahri - tornadodan eng köp jabrlangan şahar bölib turibdi.

Zavodda 40dan ortiq kişi qutqarib qolingan, Kentukki ştati gubernatori Endi Beşir yana kimnidir tirik topiş möjiza bölişini aytib ötgan.
Beşirning sözlariga köra, ştatda qurbonlar soni 100ga yaqinlaşişi mumkin.
Meyfild meri Keti Styuart ÖNan CBS muxbiriga bergan intervyusida şam zavodi «xuddi bomba taşlangandek» holatda ekanini aytgan. Köplab binolar yer bilan bitta bölgan.
Kuçli şamol tufayli Hopkins okrugida poyezd relsdan çiqib ketgan.

Kentukkida favqulodda holat e'lon qilingan.
Mahalliy rasmiylar qiyin holatga tuşib qolgan - Meyfilddagi politsiya uçastkasi vayron bölgan, öt öçiruvçilarning maşinalari va boşqa jihozlariga şikast yetgan. Ştatdagi ön minglab kişilar elektr ta'minoti va içimlik suvisiz qolgan.

Boşqa ştatlardagi holat
Boşqa ştatlarda kamida 12 kişi tornado oqibatida halok bölgan, şundan olti kişi Illinoysdagi omborxonada.
Kentukkidan şimoli-ğarbda joylaşgan Illinoysdagi Edvardsvill şahrida Amazon kompaniyasi omborxonasi tomi bosib tuşgan.

Amazon kompaniyasi hozirça yetkazilgan zarar miqdori hisoblanayotganini ma'lum qilgan, Illinoys ştati gubernatori Jyey Robert Pritsker şahar uçun yordam ajratilişini va'da qilgan.
Illinoys politsiyasi boşliği Mayk Filbek olti kişining ölimini tasdiqlagan, hozirça qança işçi bedarak ketgani ma'lum emas.
Gubernator dastlab tornado vaqtida ikki bola bedarak yöqolganini ma'lum qilgandi, ammo keyinroq ularni vannadan topişdi - katta ehtimol bilan ularni bu yerga şamol itqitib yuborgan.
Arkanzasda ikki kişi tornado qurboniga aylandi - ulardan biri tomi qulab tuşgan qariyalar uyida bölgan.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, Tennessi ştatida uç kişi halok bölgan, Missuri ştatida bir ölim qayd etilgan.
«Federal hukumat yordam beriş uçun barça işni qiladi. Biz bu körgilikdan birgalikda ötamiz», degan Bayden.

«Metall ustunlarning bir qismi sinib ketgan, qolgani buklanib qolgan. Köplab binolar tag-tugi bilan yöq. Şamol yuk maşinalarni havoga kötargan. Afsuski, içida odamlari bölgan juda köplab uylar töliq vayron bölgan», deya vaziyatni ta'riflaydi Kentukki ştati gubernatori.












