Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
«Qishloq qurilish invest» mas’uliyati cheklangan jamiyati injiniring kompaniyasi Farg‘ona viloyati filiali direktori viloyat hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi.
Xojiqo‘zijon Isoqov Farg‘ona viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ushbu tayinlov Farg‘ona viloyati hokimligida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari hamda boshqarma-tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda e’lon qilindi.
Xojiqo‘zijon Isoqov 1985 yilda Qo‘shtepa tumanida tug‘ilgan. 2009 yilda Farg‘ona politexnika institutini, 2013 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
«Do‘stlik» ordeni sohibi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati.
Mehnat faoliyati davomida Marg‘ilon shahridagi «426-xo‘jaliklararo ixtisoslashgan ko‘chma mexanizatsiyalashgan kolonna» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbarining o‘rinbosari, 2013 yildan MChJ rahbari, 2021 yildan buyon «Qishloq qurilish invest» mas’uliyati cheklangan jamiyati injiniring kompaniyasi Farg‘ona viloyati filiali direktori lavozimlarida ishlagan.
- Bundan avvalroq, O‘zbekiston prezidentining tegishli qaroriga muvofiq, Farg‘ona viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan Dilshod Xojiahmedov suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari — Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi bosh direktori lavozimiga tayinlangan edi.
Mavzuga oid
11:00 / 09.06.2026
Farg‘onada Soliq Mobile orqali 3,2 mlrd so‘mlik keshbek talon-toroj qilindi
15:10 / 20.05.2026
Qo‘qonda 19 yoshli qiz qotillikka qo‘l urdi
08:45 / 15.05.2026
Farg‘onada yuk mashinasi g‘ildiraklaridan qariyb 20 kg narkotik topildi
08:33 / 15.05.2026