Prezident Şavkat Mirziyoyev 28 aprel kuni Farğona şahrida Farğona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalalari yuzasidan yiğiliş ötkazdi.

Davlat rahbari avvalo keyingi yillarda hudud iqtisodiyotida röy bergan özgarişlarga töxtalib ötdi.

Sönggi yillarda viloyatda 8 milliard 200 million dollar investitsiya hisobiga 8 mingta zamonaviy quvvat işga tuşirildi. Tadbirkorlik uçun 100 trillion söm resurs yönaltirildi, tijorat maydonlari 10 million kvadrat metrga köpaydi. 13,5 ming kiçik va örta korxona taşkil etilib, ularning soni qariyb 2 karra oşdi.

Natijada yalpi hududiy mahsulot 1,7 barobarga, sanoat 1,5 barobarga, xizmatlar 3 barobarga ösdi. Asosiysi, sönggi tört yilda işsizlik 9,2 foizdan 4,6 foizga, kambağallik darajasi esa 11,6 foizdan 5,2 foizga tuşdi.

Aholining uy-joy şaroitini yaxşilaş böyiça ham katta işlar amalga oşirilmoqda. Marğilondagi Ipakçi va Qirguli mahallalarida 241 ta eski hovli örnida 2,5 ming xonadonli köp qavatli uylar barpo etildi. Navröz mahallasida qurilayotgan «Yangi Özbekiston» massiviga bu yil yana 6,5 ming oila köçib kiradi. Bunday işlar Yozyovon, Quva tumanlari, Qöqon va Farğona şaharlarida ham davom etmoqda.

Sönggi ön yilda viloyatda 74 ming örinli maktab, 145 ming örinli boğça va 3 ming koykali şifoxonalar işga tuşirildi. 167 ta xususiy maktab taşkil etilib, ularda 40 mingdan ortiq öquvçi ta’lim olmoqda. Ta’lim sifati oşgani natijasida yoşlarning oliy ta’lim muassasalariga kiriş körsatkiçi böyiça Farğona respublikada 3-öringa kötarildi.

Qişloq xöjaligida 15 ming gektar sanoatlaşgan boğ va tokzor yaratildi, yana 6 ming gektari yangilandi. Meva-sabzavot eksporti 3 karra köpayib, 400 million dollarga yetdi. Farğona, Söx, Quva tumanlari, Marğilon va Qöqon şahrida turizm jadal rivojlanmoqda. Ötgan yili xorijiy turistlar soni ilk bor 500 mingdan, mahalliy sayyohlar 3 milliondan oşdi, turizm eksporti esa 185 million dollarga yetdi.

– Farğona ahli bizdan yanada katta natija kutyapti, – dedi prezident.

Şu bois, joriy yil viloyatda iqtisodiyotni 9,1 foizga, sanoatni 9 foizga östiriş, 4,5 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiş, eksportni 2 karra köpaytirib, 2 milliard dollarga yetkaziş vazifasi qöyildi.

Yiğilişda Farğona davlat idoralari, sanoat, servis va qişloq xöjaligida zamonaviy texnologiyalar, raqamli yeçimlar va sun’iy intellektni keng joriy etiş böyiça namuna bölişi kerakligi ta’kidlandi.