Farğona vodiysida Andijon, Qöqon, Marğilon va Namangan şaharlarini boğlovçi yangi elektropoyezd qatnovi yölga qöyildi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev jamoatçilik vakillari bilan birga uşbu yönalişdagi ilk poyezdda Qöqon şahridan Marğilon şahriga keldi.
Mazkur loyiha Özbekiston prezidentining 2025 yil 27 dekabrdagi «2030 yilga qadar temiryöl transportida mahalliy yönalişlarda yölovçi taşiş körsatkiçlarini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori ijrosi doirasida amalga oşirildi.
Loyiha aholi ziç yaşaydigan Farğona vodiysida transport qatnovini yaxşilaş, fuqarolarga qulay, xavfsiz va arzon xizmat körsatiş, yölovçi taşiş hajmini oşirişga xizmat qiladi.
324 kilometrlik uşbu temiryöl halqasi vodiy viloyatlarini özaro yanada yaqinlaştirib, aholi, tadbirkorlar va sayyohlar uçun yangi imkoniyatlar oçadi.
Yangi poyezd Toşkent yölovçi vagonlarni quriş va ta’mirlaş zavodida işlab çiqarilgan. Olti vagondan iborat, 586 örinli poyezd soatiga 120 kilometrgaça tezlikda harakatlana oladi.
Çipta narxi 15 ming söm (Qöqon-Marğilon yönalişi) etib belgilangan. Bu avtomobil transportiga nisbatan ança arzon va qulaydir. Kuniga 1,5 ming, yiliga qariyb 600 ming nafar yölovçiga xizmat körsatiş imkoniyati hududda iqtisodiy faollikni oşirişga xizmat qiladi.

Vagonlarda iqlim nazorati tizimi va konditsionerlar örnatilgan. Bepul Wi-Fi, gadjetlar uçun USB-portlar mavjud. Nogironligi bölgan şaxslar uçun maxsus kötargiçlar, keng joylar va moslaştirilgan hojatxonalar közda tutilgan. Velosipedlarni taşiş uçun mahkamlagiçlar yölovçilarning safardan keyin harakatlaniş imkoniyatini yanada kengaytiradi.
Vagonlardagi videokuzatuv va zarba kuçini kamaytiruvçi kreş-tizimlar xalqaro xavfsizlik standartlariga mos keladi.
Yöl davomida prezident viloyat faollari bilan hududda röy berayotgan özgarişlar haqida suhbatlaşdi.

Yangi temiryöl halqasi Farğona vodiysining turizm salohiyatini ham yangi bosqiçga olib çiqişi ta’kidlandi. Bekatlar atrofida xizmat körsatiş şoxobçalari, mehmonxonalar va umumiy ovqatlaniş maskanlarini taşkil etiş zarurligi, bu mahalliy aholi uçun qöşimça daromad manbayini yaratişi qayd etildi.













