Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati ekologiya boshqarmalariga yangi rahbar tayinlandi
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalariga yangi rahbar tayinlangan.
Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi
Ma’lum qilinishicha, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining 2022 yil 31 yanvardagi 22k-sonli buyrug‘iga asosan Ro‘zigul Safarova Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining 2022 yil 1 fevraldagi 25k-sonli buyrug‘iga asosan G‘anisher Ibrohimov Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
- Ma’lumot uchun, 2021 yil 30 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan Ekologiya partiyasi raisi Narzullo Oblomurodov nomzodi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga ma’qullangandi. 2022 yil 25 yanvar kuni Nurota tumani hokimi Umarbek Xalilov Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Mavzuga oid
12:50
Ohangaron poligonidagi yong‘in uchun “Maxsustrans”ga qariyb 684 mln so‘mlik kompensatsiya hisoblandi
14:23 / 14.07.2026
Sobiq onkologiya shifoxonalari hududi hozir qanaqa holatda?
11:40 / 14.07.2026
“Diplom emas, tajriba muhim”: 8 tilni biladigan 25 yoshli Hojimurod hikoyasi
15:39 / 09.07.2026