Bugun, 30 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi yalpi majlisida Narzullo Oblomurodov nomzodi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi raisi lavozimiga ma’qullandi. Bu haqda parlament quyi palatasi matbuot xizmati xabar qildi.
46 yoşli Narzullo Oblomuradov şu yil fevralidan buyon Özbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengaşi Ijroiya qömitasi raisi bölib işlab kelayotgandi.
U şu yil oktabr oyidagi prezident saylovida 670 641 nafar saylovçining (4,14 foiz) ovozi bilan 4-örinni egallagan.
Ekologiya qömitasi raisi lavozimi 4 oydan buyon vakant edi. Sobiq rais Alişer Maqsudov bu mansabdagi 8 oylik faoliyatidan keyin, tanqidiy ruhda ötgan prezident yiğilişida işdan olingandi.

Narzullo Oblomurodovga bu qömita begona emas, u 2020 yil aprelidan Ekoqöm raisining birinçi örinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
Faoliyati davomida, şuningdek, Prezident administratsiyasida mas’ul xodimi bölib işlagan Oblomurodov 2019 yilda “Sodiq xizmatlari uçun” medali bilan taqdirlangan.
Avvalroq, Ekopartiya Jizzaxdagi atrofi betonlangan daraxtlar voqeasi sabab Ekoqömitani tanqid qilgandi.












