Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda ilk milliy avtomobilni ishlab chiqarishni boshlash ortga surildi
Qirg‘izistonning Kami Motors avtozavodi elektr yuk avtomobillarini belgilangan muddatda ishlab chiqara olmadi.
Kompaniya sertifikatlashtirish jarayonini yakunlay olmagani uchun mashinalarni ishlab chiqarishning imkoni bo‘lmayapti.
Kami Nimble elektr yuk avtomobillari ishlab chiqarishni o‘tgan yil noyabrda boshlash rejalashtirilgan, ammo keyin 2022 yilga surilgandi.
Hozirda sertifikat sinovlari uchun bir necha dona avtomobil ishlab chiqarilgan.
«Hozirda mashina Belarusda transport vositasi sifatida ma’qullanishi uchun attestatsiyadan o‘tkazilmoqda. Jarayon qachon yakunlanishini ayta olmayman», — dedi Kami Motors vakili Riskeldi Asqarov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sertifikatlashtirish jarayoni pandemiya cheklovlari va qish mavsumi boshlangani sababli cho‘zilib ketgan.
Asqarovning aytishicha, Kami Nimble avtomobillarini ishlab chiqarish bu yil aniq boshlanadi. Kompaniya saytida 2022 yil 31 dekabr buyurtmachilarga dastlabki 100ta mashinani yetkazib berishning oxirgi muddati sifatida ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026