Jahon | 15:28 / 12.03.2022
11178
1 daqiqa o‘qiladi

Gruziyada NATO bilan hamkorlikda mashg‘ulotlar o‘tkaziladi

Mashg‘ulotlarda NATOga a’zo va hamkor 23 mamlakat ishtirok etadi.

Foto: US Army/Jason Johnston

Gruziyada 20-25 mart kunlari Gruziya - NATO qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Bu haqda Gruziya mudofaa vazirligiga tayanib TASS xabar berdi.

"20-25 mart kunlari Gruziya mudofaa kuchlari Gruziya - NATO mashg‘ulotlarini o‘tkazadi. Mashg‘ulotlar dala mashg‘ulotlari emas, kompyuter mashg‘ulotlari bo‘ladi", - deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, mashg‘ulotlarda NATOga a’zo va hamkor 23 mamlakat ishtirok etadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid