Davlat rahbarining adliya tizimida ma’muriy islohotni amalga oshirishga qaratilgan “Fuqarolar huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga asosan, Davlat xizmatlari agentligi va Intellektual mulk agentligi bevosita Adliya vazirligiga, ularning hududiy tuzilmalari esa hududiy adliya organlariga qo‘shildi.

Natijada boshqaruv xodimlari soni 110 taga ya’ni 2,2 foizga (birgina markaziy apparat 10 foizga ya’ni 356 tadan 320 taga) qisqartirildi. Qisqartirilayotgan shtatlarning asosiy qismini rahbar lavozimlar tashkil qiladi.

Tumandagi davlat xizmatlari markazlari, FHDYo organlari va yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tuman adliya bo‘limlari bilan birlashtirilib bitta binoda faoliyat yurituvchi yagona Adliya bo‘limlariga aylantirildi, uning tarkibida intellektual mulk obektlarini muhofaza qilish bo‘yicha alohida mas’ullar faoliyat yuritadi.

Vazirlik tizimidagi bir-birini takrorlovchi vazifa va funksiyalar qayta ko‘rib chiqilib, qisqartirilmoqda.

Vazirlik tizimidagi boshqaruv tuzilmalari 666 tadan 222 taga (67 foizga), bir-birini takrorlovchi vazifalar 35 tadan 23 taga (34 foizga) va funksiyalar 388 tadan 215 taga (46 foizga) qisqarmoqda.

Takrorlovchi vazifa va funksiyalarning qisqartirilishi bevosita xodimlar ish unumdorligi oshishiga, fuqarolarning murojaatlari yanada tez va samarali hal etilishiga yordam beradi.

Adliya vazirligi faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda raqamlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash ko‘zda tutilgan.

Dastur doirasida bir-biriga bog‘liq bo‘lgan davlat xizmatlarini, jumladan ko‘chmas mulk hamda manzilga ro‘yxatga qo‘yish, nogironlik va turli kasalliklarga oid nafaqalar tayinlashni kompozit tarzda ya’ni bir vaqtda ko‘rsatish tizimini joriy etish orqali aholining sarsongarchiligi oldi olinadi.

1990-2016 yillar oralig‘ida qabul qilingan hukumat qarorlari xatlovdan o‘tkaziladi va ularning bugungi kundagi ahamiyati tahlil qilinib, fuqarolarga va tadbirkorlarga yengillik yaratish nuqtai-nazaridan qayta ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek,