27 iyun, juma kuni Rossiya Adliya vazirligi «çet el agentlari» röyxati kengaytirilganini ma’lum qildi. Röyxatga «Memorial» yuristi Tamila Imanova, «Vijdonli boş tortganlar harakati» yuristi Artem Kliga, psixolog Ivan Zvyagin, bloger Yevgeniy Yegorçenko, Fransiyada yaşovçi şoir va rep ijroçi Naum Blik (haqiqiy ismi Dmitriy Iordatiy), komik va «Oddiy odamlar»  KVN jamoasining sobiq a’zosi Yevgeniy Trikoz kiritilgan.

Rossiya Adliya vazirligi ma’lumotlariga köra, ular boşqa narsalar qatorida «Rossiya hukumatining qarorlari va siyosati haqida yolğon ma’lumot tarqatgan», xorijiy taşkilotlar bilan aloqa qilgan, boşqa «çet el agentlari» materiallarini tarqatgan, şuningdek, Rossiyaning Ukrainadagi uruşiga qarşi çiqqan.

Yevgeniy Trikozning YouTubeʼda 186 ming obunaçisi bor. Öz videolarida u Rossiya prezidenti Vladimir Putinni tanqid qiladi va rus taşviqoti haqidagi pozitsiyani masxara qiladi. 2024 yil yanvar oyida komik Rossiya prezidentligiga uruşga qarşi nomzod Boris Nadejdinni körsatiş uçun imzo çekkanini aytdi. Aleksey Navalniy vafot etgan kuni Trikoz TikTokʼda «Rossiya ozod böladi» deb nomlangan videoni joylaştirdi. 2024 yil fevral oyida sobiq KVNçi Z-faollar tomonidan internetda ta’qib qurboniga aylangani haqida xabar berdi.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Rossiya Federatsiyasida, ham xorijda «çet el agentlari» uçun ma’muriy javobgarlikni kuçaytiruvçi qonunni imzoladi. 24 iyun, seşanba kuni Rossiyaning Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartirişlar kiritildi.

Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 19.4-moddasi yangi qismida «çet el agentlari töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilişini nazorat qiluvçi organ mansabdor şaxsining qonuniy talablariga rioya qilmaslik» uçun jarimalar nazarda tutilgan. 

Davlat dumasining xavfsizlik böyiça qömitasi rahbari Vasiliy Piskarevning ta’kidlaşiça, bu, xususan, «Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligining aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etiş böyiça talablarini e’tiborsiz qoldiradiganlar» haqida. Nafaqat «çet el agenti» belgisi yöqligi, balki tasdiqlangan şaklga mos kelmasligi uçun ham jarima solinadi. «Heç kim çet elda böliş jazodan ozod qiladi, deb öylamasligi kerak», dedi Piskarev.